O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining topshiriqlari ijrosi yuzasidan 3-dekabr kuni G’uliston shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabining faolalar zalida muhim yig’ilish bo’lib o’tdi.
O’zbekiston kasaba kyushmalari Federatsiyasining 2024-yil 29-avgustdagi BМ-05/1271-sonli xati hamda O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2024-yil 5-sentyabrdagi RK-44-sonli modemnomasining ijrosi yuzasidan 3-dekabr kuni Guliston shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabining faolalar zalida muhim yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilish davomida shahar hududidagi Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun 2025-2027 yillarga mo’ljallangan Yagona Jamoa Shartnomasining muhokamasi o‘tkazildi va bir ovozdan ma’qullandi. Tadbirda G’uliston shahridagi barcha Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari, rahbarlari va vakillari ishtirok etdilar.
Yig’ilish davomida jamoa shartnomasi ijrosini amalga oshirish va unga doir muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, qo’mita a’zolari, rais, rais o’rinbosari va boshqa a’zolar saylandi. Tadbirda kelgusi yillarda ta’lim sohasida mehnat shartlari va huquqlarini yaxshilash, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining samarali faoliyatini ta’minlash bo’yicha qadamlar belgilandi.
Yig’ilish muvaffaqiyatli o’tdi va u kelajakda tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi degan umiddamiz.
O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashi