Zarar to‘llovlari bo‘yicha muammo hal etildi
Fuqaro A.Shukurova 2003-yil kasb kasalligiga chalingan. “Kasb kasalligi va salomatlikning boshqa hil shikastlanishi” yuzasidan zarar to‘lovlari 2024-yilning may oyiga qadar o‘z vaqtida to‘lab kelingan. Biroq tizimdagi o‘zgarishlar tufayli zarar to‘lovlarini to‘lash to‘xtatib qo‘yilgan edi. A.Shukurova oyma oy to‘lanishi kerak bo‘lgan zarar to‘lovlari to‘lab berilmayotganligi yuzasidan 2024-yil 20-noyabrda O‘zbekiston kasaba ushmalari Federatsiyasiga yuborilgan murojaat O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining mas’ul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijasida, sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun oylik to‘lovlar chindan ham o‘z vaqtida to‘lanmagani aniqlandi.
O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining aralashuvi bilan 16 million so‘m zarar undirib berildi.
Murojaatchi ushbu yordam uchun minnatdorligini izhor etdi va kasaba uyushmalarining aralashuvi sababli masala tezda ijobiy hal etilganini ta’kidladi.
Kasaba uyushmalari, xususan, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi, har doim o‘z a’zolarining huquqlarini himoya qilish, ular oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun faol ish olib borib kelmoqda. Mazkur holat, shuningdek, kasaba uyushmalarining a’zolariga yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirayotganini yana bir bor isbotladi.
D.Samarbekov
Respublika kengashi bosh mutaxassisi