8 dekabr —“Konstitutsiya kuni”da faxriy ustozlarga e’tibor

2024-yil 5-dekabr kuni, O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tuman bo’linmasi kengashi va Ishtixon tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tomonidan 8 dekabr — “Konstitutsiya kuni” munosabati bilan tadbir o’tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — ta’lim tizimida bir necha yillar davomida faoliyat yuritgan va hozirda nafaqada bo’lgan faxriy ustozlarga e’tibor qarash, ularning mehnatini qadrlash va e’zozlashdan iborat bo’ldi. Bu tadbirda nafaqadagi pedagoglar bilan muloqot o’rnatilib, ularning holidan xabar olindi va o’zlariga esdalik sovg’alari topshirildi.