O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Qarshi shahrida voleybol musobaqasi o’tkazildi

O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar bo’linmasi kengashi hamda 48-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlan’gich kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida kasaba uyushmasi a’zolari o’rtasida voleybol musobaqasi o’tkazildi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligiga 32 yil to’lishini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish rejasiga asosan tashkil etildi. Musobaqa “Ustozlar” va “Murabbiylar” jamoalari o’rtasida bo’lib, u qizg’in tarzda o’tdi.

Musobaqada g’olib bo’lgan jamoalar Qarshi shahar bo’linmasi kengashi tomonidan diplomlar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi

Добавить комментарий