Vobkent tumanida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi kengashining navbatdan tashqari VI Majlisi o‘tkazildi
Vobkent tumanida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi kengashining navbatdan tashqari VI Majlisi o‘tkazildi. Mazkur majlisda bir qator muhim tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Majlisda eng avvalo, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Vobkent tuman bo‘linmasi kengashi raisi lavozimida o‘zgartirishlar kiritildi.
Kengash raisi, Toshev O‘tkir Isroilovichning boshqa ishga o‘tganligi sababli, mazkur lavozimdan ozod etilishi e’lon qilindi.
Shundan so‘ng, yangi rais sifatida Istamov Mahmud Mustaqimovich saylandi. U endilikda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Vobkent tuman bo‘linmasi kengashining raisi sifatida tizimni rivojlantirish va xodimlarning huquqlarini himoya qilishga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Majlisda, shuningdek, tuman ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilash va kasaba uyushmasining faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilandi. Kengash a’zolari tomonidan kelgusi rejalar va maqsadlar haqida fikrlar bildirildi, hamda bu yo‘nalishda bir qator amaliy qadamlar tashlash zarurligi ta’kidlandi.
Majlis yakunida, yangi saylangan rais Istamov Mahmud Mustaqimovich barcha xodimlarga o‘z tashakkurini bildirib, jamoani yanada birlashtirish va barcha ishlarni muvaffaqiyatli olib borish borasida o‘z mas’uliyatini his qilishini aytdi.
O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Vobkent tuman bo‘linmasi kengashi