«Birinchi qaldirg‘och» spektakli: ustozlar jamoasining taassurotlari

Oʻzbekiston taʻlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan 2024-yil 11-dekabr kuni Toshkent tumani 28-maktab jamoasi ustozlari O‘zbek Milliy drama teatrida namoyish etilgan «Birinchi qaldirg‘och» nomli yangi spektakl premyerasiga tashrif buyurdilar. Ushbu spektakl buyuk allomalarimiz va jadidchi olimlarimiz Abdulla Avloniy hamda Mahmudxo‘ja Behbudiyning zamondoshlari, birinchi o‘zbek aktrisasi Ma’suma Qoriyeva hayot yo‘liga bag‘ishlangan dramatik asar hisoblanadi.

Spektakl o‘zining mazmunan boy va ta’sirli ijrosi bilan barchaga manzur bo‘ldi. Unda millat taraqqiyoti yo‘lida jon fido qilgan, fidokor va jonkuyar insonlarning hayotiy hikoyalari sahnalashtirilib, tomoshabinlarni chuqur o‘yga toldirdi. Ayniqsa, o‘zbek ayolining hayoti, uning fidoyiligi va hayotdagi qiyinchiliklari o‘ta ta’sirli tarzda yoritilgan.

Ushbu tomosha maktab jamoasi ustozlarining ma’naviy va madaniy dunyoqarashini yanada boyitib, ularning yuragida chuqur taassurot qoldirdi. Dramada ko‘tarilgan mavzular va tarixiy shaxslarning obrazlari bugungi yosh avlodga ibrat bo‘lishi shubhasiz.

Barchaga, ayniqsa ustozlarga, bu spektaklni tomosha qilishni tavsiya etamiz. Ushbu asar nafaqat o‘z tariximizni yodga soladi, balki ma’naviyatimizni yanada boyitishga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston taʻlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent tumani kengashi

Добавить комментарий