“Mehnatni muhofaza qilish sohasi bo’yicha tashkilot va muassasalarning kasaba uyushma qo’mitasi raislari bilan o’quv mashg’ulotlari” o’tkazildi
2024-yil 19-dekabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Namangan viloyat kengashining katta majlislar zalida O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar bo’linmasi kengashi tomonidan ish beruvchilar tomonidan xodimlarga sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini ta’minlashda kasaba uyushmalari faoliyatini samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Mehnatni muhofaza qilish sohasi bo’yicha tashkilot va muassasalarning kasaba uyushma qo’mitasi raislari bilan o’quv mashg’ulotlari” o’tkazildi.
Mazkur o’quv mashg’ulotlarda tizimdagi 100 nafar kasaba uyushma qo’mitasi raislari 12 soatlik mashg’ulot darslari orqali o’z bilim va ko’nikmalarini oshirdilar. Tadbir davomida “Mehnat muxofazasi o’quv markazi” NTM bo’lim boshlig’i Sh.Yuldoshev ma’ruza o’qib, barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirdi.
O’quv mashg’ulotlarni O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar bo’linmasi kengashi raisi A.Umarov ochib, tashkil etdi. Shuningdek, mashg’ulotlarda UzKUF Namangan viloyat kengashi mehnat texnik inspektor M.Qoraboev, O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo’yicha mas’ul tashkilotchisi L.Ganiev, UzKUF Namangan viloyat kengashining mehnatni muhofaza qilish bo’limi bosh mutaxassisi O.Djoraboevlar ishtirok etib, amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan ma’ruza qildilar.
O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar bo’linmasi kengashi