Urganch davlat universitetida Kasaba uyushma qo’mitasining yig’ilishi boʻlib o’tdi
Joriy yil 20-dekabr sanasida Urganch davlat universitetida Kasaba uyushma qo’mitasining yig’ilishi boʻlib o’tdi. Yig’ilish Kasaba uyushma qo’mitasining 2024-yil yakunlariga bag’ishlandi. Unda Kasaba uyushma qo’mitasi a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbirda universitet Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Q.Xamrayev so’zga chiqib, qo‘mitaning 2024-yildagi faoliyati yakunlari va galdagi vazifalar, 2025-yilda universitet mehnat jamoasining umumiy yig’ilishi (konferensiya) va hisobot-saylov yig’ilishiga tayyorgarlik ishlari hamda Kasaba uyushma qo’mitasining 2025-yil 1-yarim yillik ish rejasi to’g’risida gapirib o’tdi.
Qo’mita bosh hisobchisi M.Xudayberganov 2025-yil uchun xarajatlar smetasi bilan tanishtirdi. Shuningdek, qo’mita a’zosi, Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi boshlig’i I.Ibragimova mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish uchun universitetda mehnat muhofazasi vakillarini saylash va ularning asosiy vazifalari bo’yicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yig’ilish so’nggida Kasaba uyushma qo’mitasining bir guruh faollariga esdalik sovg’alari topshirildi.
O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Urganch davlat universiteti qo’mitasi