Toshkent shahrida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi 15-majlisi o‘tkazildi

2024-yil 27-dekabr kuni Toshkent shahrida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining majlislar zalida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi 15-majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Respublika kengashi raisi R.Bedilov boshqardi.

Majlis davomida yil yakunlariga bag‘ishlangan ma’ruza o‘qib eshittirildi. Tadbirda Respublika kengashi bilan hamkorlikda ishlayotgan bir nechta tashkilotlar vakillari ham ishtirok etishdi. Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari T.Komilov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Daliyev hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari o‘z yillik faoliyatlariga oid hisobotlarini taqdim etishdi.

Majlis davomida kasaba uyushmasi va vazirliklar o‘rtasida muhokama qilingan masalalar, jumladan, kelgusida birgalikda hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tadbir so‘ngida Respublika kengashi tomonidan hamkor tashkilotlarning vakillariga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Majlisning ikkinchi qismida Ijroiya qo‘mitaning yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi, tegishli muhokamalar o‘tkazildi va yangi qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, tadbir yakunida Respublika kengashi tomonidan bir necha faol xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur majlis hamkorlikdagi ishlarni yanada rivojlantirish, ta’lim va fan sohasida sifatni oshirish hamda kelgusidagi rejalarni belgilashga qaratilgan muhim tadbirlardan biri sifatida e’tirof etildi.

O’zkiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

Foto lavhalar

Добавить комментарий