Rishton tumani ta’lim muassasalarida kasaba uyushmasi yigʻilishi oʻtkazildi
Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Rishton tuman boʻlinmasi kengashi tasarrufidagi 18 va 19-umumiy oʻrta ta’lim maktablari boshlangʻich kasaba uyushma qo’mitalarida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2024-yilda bajarilishi hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2020-yil fevral oyidan 2025-yil fevral oyigacha boʻlgan faoliyati toʻgʻrisida hisobot-saylovi yigʻilishlari boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishlarda tuman kengashi raisi E. Abdullayev va kengash buxgalteri D. Niyazovlar ishtirok etishdi. Yigʻilishda 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2024-yilda bajarilishi toʻgʻrisida maktab direktori hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasining hisobotlari tinglandi va tegishli qarorlar qabul qilinib oʻqib eshittirildi. Soʻngra yigʻilish davomida kasaba uyushmasi qoʻmitasining 5 -yillik xisoboti tinglandi. Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmita faoliyatiga kasaba uyushma a’zolari tomonidan qoniqarli deb baxo berildi. Qoʻmitaning yangi kasaba uyushmasi tarkibi saylandi xamda Oʻzbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Rishton tuman tashkilotining konferensiyasiga delegat saylandi.






Oʻzbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Rishton tuman boʻlinmasi kengashi