Guliston shahridagi 11-umumta’lim maktabida kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi

Maktab kasaba uyushma qo’mitasi raisi D.Altabayeva 11-umumta’lim maktabi kasaba uyushma tashkiloti qo’mitasining 2020-yil aprel oyidan 2025-yil fevral oyigacha bo’lgan faoliyati haqida hisobot berdi. Yig’ilishda maktab direktori S.Bektemirov ham ishtirok etdi. Shundan so’ng, maktab kasaba uyushma raisligiga 2 nafar nomzod ko’rsatildi. Shulardan ovoz berish natijasiga ko’ra D.Altabayeva rais etib saylandi.
Yig’ilishda Guliston shahar bo’linmasi kengashi raisi F.Tashtanov ishtirok etdi va istiqboldagi vazifalar yuzasidan so’zga chiqib, muhim ma’lumotlar berib o’tdi. Maktab ma’muriyati va kasaba uyushasi tashkiloti o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yildagi ijrosi muhokama qilindi.
O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashi