Fidokor tarbiyachilar – e’tirofda: Qiziltepadagi tanlovning eng yaxshilari nomi ma’lum bo‘ldi

Qiziltepa tumani Makabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va Ta`lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi kengashi bilan hamkorlikda Makabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari o‘rtasida «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yakunlariga ko`ra nominatsiyalar bo`yucha quyidagilar 1-o`rinni egallar, ularga diplom va viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

-“Eng yaxshi direktor o‘rinbosari” nominatsiyada 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari Sh.Kamolova1-o ‘rinni.

-“Yilning eng fidokor tarbiyachi” nominatsiyada 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachsi N.Raxmatova 1-o ‘rinni.

-“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyada 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyacisi G.Bafoyeva 1-o ‘rinni.

-“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyada 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyacisi M.Muxammdova 1-o‘rinni.

-“Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyada 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyacisi F.Urakova 1-o‘rinni.

-“Yangi O‘zbekistonda yangi avlod bolalarini ma’naviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyada 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyacisi N.Adizova 1-o‘ringa munosib deb topilib.

Tanlov g`oliblari va faol ishtirokchilarga kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg`lar berildi.

O‘zbekiston ta`lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qiziltepa tuman kengashi

Добавить комментарий