Kasaba uyushmalari — mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiluvchi kuchli tuzilma

Joriy yil mamlakatimizda ilk kasaba uyushmasi tuzilganiga 120 yil to‘lmoqda. Bu sananing o‘ziyoq O‘zbekiston ijtimoiy hayotida kasaba uyushmalarining uzoq tarixga va mustahkam asosga ega tuzilma sifatida shakllanganidan dalolat beradi. Ayni shu tarixiy sana munosabati bilan butun respublika bo‘ylab keng miqyosdagi tadbir va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotlarining ustuvor yo‘nalilaridan biri sifatida mazkur bayramni kasaba uyushmalarining barcha bo‘g‘inlarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, yuqori saviyada tashkil etish va nishonlash qayd etilgan. Mazkur yo‘nalishdagi tashkiliy va madaniy tadbirlar kasaba uyushmalari tarixiga e’tibor qaratish, ularning jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, a’zolarning ruhiy-ma’naviy ko‘tarinkiligi va faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari 120 yilligi munosabati bilan “Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi haftaligi” doirasida joriy yilning 6-7-aprel kunlari “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida poytaxtimizdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog hamda ishchi xodimlar uchun yuqori kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida pedagog-xodimlar boy tarixga ega qadimiy Samarqand shahrini ziyorat qilib, diqqatga sazovvor qadamjolarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu tashabbus nafaqat mehnatkashlarning hordiq chiqarishlari, balki milliy qadriyatlarimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishishlari uchun ham muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qildi. Ishtirokchilar go‘zal manzaralar, tarixiy yodgorliklar va zamonaviy infratuzilma uyg‘unligini ko‘zdan kechirishdi, o‘zlarining unutulmas taassurotlari bilan qaytishdi.

Shubhasiz, bunday sayohatlar kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarga nisbatan ko‘rsatilayotgan e’tibor, rag‘bat va g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasi bo‘lib, ular kelgusida ham pedagoglar va boshqa soha xodimlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda davom etadi.

Foto lavhalar

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi

Добавить комментарий