Xonqa tumanidagi 24-son maktabgacha ta’lim tashkilotida jamoa shartnomasining ijrosi muhokama qilindi



2025-yil 8-aprel kuni Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Xonqa tuman bo‘linmasi kengashi tizimidagi 24-son maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025-yillarga mo‘ljallab imzolangan jamoa shartnomasining 2024-yildagi bajarilish holati, shuningdek, 2025-yil uchun kiritilishi rejalashtirilgan qo‘shimchalar yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur mexnat jamoasining umumiy yig‘ilishida jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Abdullayeva Marxabo hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Xolmetova Layloning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning dalolatnomasi o‘qib eshittirildi va yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. Ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda 2025-yil uchun kiritilgan qo‘shimchalar tasdiqlandi.
Shu bilan birga, tashkilotning hisobot-saylov yig‘ilishi ham o‘tkazildi. Unda kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-yil fevralidan 2025-yil fevraligacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan qo‘mita raisi Xolmetova Layloning hisobotlari eshitildi. Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyati qoniqarli deb baholandi.
Yig‘ilish davomida tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga ikki nafar nomzod ko‘rsatilib, ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylov o‘tkazildi. Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasining a’zolari ochiq ovoz berish asosida saylandi. Har bir qo‘mita a’zosi uchun dublyorlar tanlab olinib, tasdiqdan o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Xonqa tuman tashkiloti konferensiyasiga bir nafar delegat saylandi.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari Xonqa bo‘linmasi kengashi raisi Yusupov Yuldashbay ishtirok etib, O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalarining tarixi, ularning vazifalari, boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, islohotlar hamda galdagi ustuvor vazifalar haqida ma’ruza qildi.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Xonqa tuman bo‘linmasi kengashi