Ish joyidagi xavfsizlik — har bir insonning asosiy huquqi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 11-martdagi 30/31-1-sonli topshiriq xati ijrosi yuzasidan «Mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oldini olish va kasb kasalliklarini profilaktikasi yuzasidan Manzilli dastur» ishlab chiqildi.
Mazkur dastur quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
– Ish joylarida zamonaviy xavfsizlik standartlarini joriy etish
– Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish
– Kasb kasalliklarini erta aniqlash va profilaktik choralarni kuchaytirish
Mehnat qilayotgan har bir inson o‘zini xavfsiz va qadrlangan his qilishi kerak. Ushbu dastur aynan shunga xizmat qiladi.