«O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Zarafshon shahridagi 12-maktabda sportning shaxmat turi bo‘yicha kasaba uyushmalari a’zolari o‘rtasida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi”ning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada turli sohalarda faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmasi a’zolari ishtirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Bahslar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tdi.

Erkaklar o‘rtasidagi natijalar:

  • 1-o‘rin — Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasi LOR vrachi Bekzod Mirzoyev
  • 2-o‘rin — 8-sonli maktab o‘qituvchisi Begali Razakov
  • 3-o‘rin — Kasb-hunar maktabi ustasi Salohiddin Eshonov

Ayollar o‘rtasidagi natijalar:

  • 1-o‘rin — Zarafshon shahar 12-maktab o‘qituvchisi Farida Samandarova
  • 2-o‘rin — Tibbiyot bo‘limi hamshirasi Sadoqat Keldiyeva
  • 3-o‘rin — Sport maktabi treneri Guzal Mirsaidova

G‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari M. Boboyorov hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari N. Isaqov ishtirok etishdi.

L.Ostonayeva,
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Zarafshon shahar Kengashi raisi         
       

Добавить комментарий