Farg’ona viloyatida tanlovlarning viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi



“O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayrami”ga bag‘ishlab O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining sovrini uchun “Kasaba uyushmalari kecha, bugun va ertaga” esselar hamda “Kasaba uyushmalari mening hayotimda” ijtimoiy roliklar ko‘rik-tanlovining Farg‘ona viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Esselar va ijtimoiy roliklar tanlovlari hududiy, tuman va shahar bosqichlarida belgilangan Nizom asosida yuqori saviyada o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilari yozgan esselari orqali kasaba uyushmalarining jamiyatdagi o‘rni, tarixi, bugungi kundagi faoliyatini aks ettirdilar.
— O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining sovrini uchun “Kasaba uyushmalari kecha, bugun va ertaga” esselar hamda “Kasaba uyushmalari mening hayotimda” ijtimoiy roliklar ko‘rik-tanlovida tizimda mehnat qilib kelayotgan juda ko‘p xodimlar ishtirok etib, o‘z esselarida kasaba uyushmalarining kechagi kuni, buguni va ertasini ko‘rsatib berishdi, — deydi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Lolaxon Ahmedova. — Ko‘rinib turibdiki, esselar va ijtimoiy roliklarda kasaba uyushmalarining hayotimizdagi o‘rni, kasaba uyushmalariga bo‘lgan ishonch ularning ijodiy ishlarida yaqqol ko‘rsatib berilgan.
Ishchi komissiyasi xulosasiga ko‘ra tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
L. Axmedova,
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg’ona viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchisi