«O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi» musobaqasining tuman bosqichi yakunlandi



Tuman miqyosida o‘tkazilgan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi» shaxmat musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur musobaqada turli soha va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan shaxmatchilar o‘zaro bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, shiddatli va murosasiz bahslarda ishtirok etdilar.
🔸 Musobaqa doirasida shaxmatchilar o‘z iqtidorlarini namoyon etib, viloyat bosqichiga yo‘llanma olish uchun kuch sinashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
- 🥇 Yo‘ldoshev Husniddin – 44-maktab o‘qituvchisi
- 🥇 Fayzullayeva Vasila – 8-maktab o‘qituvchisi
🔹 G‘olib va sovrindorlar Tuman kasaba uyushmalari kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi. Musobaqa tashkilotchilariga ham tashkiliy yordam va ko‘maklari uchun alohida minnatdorchilik bildirildi.
Ushbu musobaqa sport orqali xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shaxmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish va iqtidorli ishtirokchilarni aniqlashga xizmat qildi.
O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi G’ijduvon tuman bo’linmasi kengashi