Gulistonda Zakovat: Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan intellektual o‘yin tashkil etildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va bellashuvlar izchil davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri yaqinda Guliston shahrida ham bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar bo‘linmasi Kengashi tasarrufidagi ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida Guliston shahridagi Prezident maktabida “Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi xaftaligi” doirasida qiziqarli va bilimga boy “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur bellashuv O‘zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, shuningdek O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi kabi dolzarb huquqiy va tarixiy mavzular asosida tuzilgan savollar orqali o‘tkazildi.

O‘yinda 2 bosqichda jami 8 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazishdi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan bellashuv yakunida quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

🥇 1-o‘rin — «Liderlar» jamoasi
🥈 2-o‘rin — «Diamond» jamoasi
🥉 3-o‘rin — «Intellekt» jamoasi

G‘olib va faol ishtirokchilarni tantanali taqdirlash marosimi ham tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar bo‘linmasi Kengashi raisi Farhod Tashtanov ishtirok etib, g‘oliblarga kasaba uyushmasi shahar kengashining maxsus diplomlari va esdalik sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi.

Bunday tadbirlar nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki kasaba uyushmasi a’zolari o‘rtasida do‘stona muhitni shakllantirish, jamoaviylikni rivojlantirish hamda huquqiy ongni oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi o‘yin – buning yaqqol isboti, — deya ta’kidladi Farhod Tashtanov o‘z nutqida.

Intellektual bellashuv ishtirokchilari tomonidan ham tadbir yuqori baholandi. Ular bunday musobaqalarning doimiy va an’anaviy ravishda o‘tkazilishi tarafdori ekanliklarini bildirdilar.

Farhod Tashtanov,
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar bo‘linmasi kengashi raisi

Добавить комментарий