Sogʻlom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida oʻtkazilgan sport musobaqalari gʻoliblari aniqlandi

2025-yil 26-aprel kuni Quyichirchiq tumanida maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlari xodimlari oʻrtasida «Sogʻlom tanda – sifatli ta’lim» shiori ostida keng ko‘lamli sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi hamda Ta’lim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi Quyichirchiq tumani boʻlinmasi kengashi hamkorligida tashkil etildi.

Musobaqaning asosiy maqsadi ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar sportning mini futbol va voleybol kabi ommabop turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

Musobaqaning tuman bosqichida 47-maktab jamoalari ajoyib natijalar qayd etishdi. Xususan, 47-maktab ayollar jamoasi voleybol bo‘yicha faxrli 1-oʻrinni egalladi. Shuningdek, 47-maktab erkaklar jamoasi mini futbol musobaqasida 1-oʻrin sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari, 28-maktab erkaklar jamoasi ham voleybol bahslarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, o‘zlarining yuqori sport mahoratini namoyish etdilar.

Musobaqa gʻolib va faol ishtirokchilari Oʻzbekiston ta’lim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi Quyichirchiq tumani boʻlinmasi tomonidan maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilar sport ruhiyati, jamoaviy birlik va sog‘lom raqobat muhitida birlashganliklarini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

Tadbir yakunida sportchilarga kelgusida ham muvaffaqiyatlar tilanib, sog‘lom turmush tarzini har doim hayot tarziga aylantirish lozimligi uqtirildi.

Shunday qilib, “Sogʻlom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida o‘tgan sport musobaqalari nafaqat sog‘lom raqobat, balki ta’lim xodimlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Oʻzbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Quyichirchiq tumani boʻlinmasi kengashi

Добавить комментарий