28-APREL — BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI

Har yili 28-aprel kuni dunyo bo‘ylab Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni keng nishonlanadi. Ushbu sana mehnatkashlarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasida keng jamoatchilik e’tiborini oshirish maqsadida belgilangan.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi barcha mehnat jamoalarini, ta’lim va fan sohasida faoliyat yuritayotgan fidokor ustozlarimiz hamda ilmiy xodimlarimizni ushbu sana bilan samimiy tabriklaydi.
Mehnatni muhofaza qilish madaniyatini oshirish, sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish har bir mehnatkash uchun muhim kafolatdir. Barchangizga sog‘lik, omad va mehnat faoliyatingizda yuksak zafarlar tilaymiz!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi
