G‘oliblar aniqlandi: «Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim» shiori ostida sport musobaqalari



O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan bir qator nufuzli tashkilotlar – O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi, O‘zbekiston Maktabgacha va Maktab Ta’limi Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi tashabbusi bilan «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida qator sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida, «Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim» shiori ostida, maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida Kasaba Uyushmasi Kubogi sport musobaqalarining Navoiy shahar bosqichi ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy musobaqalarda o‘z maktabi sha’nini himoya qilgan o‘qituvchilar o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etishdi. Natijalarga ko‘ra:
- Stol tennisi bahslarida erkaklar o‘rtasida 11-maktab o‘qituvchisi Sh. Eshmuradov, ayollar o‘rtasida esa 4-maktab o‘qituvchisi Sh. Raxmatova 1-o‘rinni egalladi.
- Shashka musobaqasida erkaklar o‘rtasida 18-maktab o‘qituvchisi D. Bozorov, ayollar o‘rtasida 5-maktab o‘qituvchisi M. Xusenova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
- Shaxmat musobaqasida erkaklar o‘rtasida 2-maktab o‘qituvchisi Sh. Shirinov, ayollar o‘rtasida 6-maktab o‘qituvchisi D. Shermamatova birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
- Millionlar o‘yini bo‘lgan mini-futbol musobaqasida 10-maktab jamoasi g‘olib chiqdi.
- Voleybol musobaqasida erkaklar o‘rtasida 16-maktab, ayollar o‘rtasida esa 6-maktab jamoasi birinchi o‘rinni egallab, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlariga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Navoiy viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchisi A. Bobomurodova hamda Navoiy shahar bo‘linmasi sengashi raisi F. Mardiyeva tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va faxriy diplomlar topshirildi.
Bu kabi musobaqalar nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, balki jamoalarda birdamlik va do‘stlik muhitini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.
F. Mardiyeva,
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shahar bo‘linmasi sengashi raisi