Buxoro davlat universitetida mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat madaniyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi

Buxoro davlat universitetida 2025-yil 14-yanvarda tasdiqlangan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – talaba-yoshlar ongida xavfsiz va munosib mehnat madaniyatini shakllantirish, shuningdek, universitet rahbar xodimlari hamda professor-o‘qituvchilarga mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasiga oid yangiliklarni yetkazishdan iborat bo‘ldi.

Seminarda “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-798-sonli qonun hamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-410-sonli qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, mehnat qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi. Shu bilan birga, ish joylarida sun’iy intellekt va raqamlashtirish texnologiyalarining mehnat muhofazasidagi roli yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda Buxoro viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori B.I. Qo‘shshayev hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi mehnat texnik inspektori H.F. Barnoyev ishtirok etib, mavzuga oid dolzarb ma’lumotlar bilan qatnashchilarni tanishtirdilar.

Mazkur o‘quv seminari ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi va kelgusida mehnat xavfsizligi bo‘yicha muntazam ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

R. Nosirova,
O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchisi

Добавить комментарий