O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Xatirchi tuman bo’linmasi kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo’lib o’tdi



Joriy yil 7-may kuni o’tgan hisobot-saylov konferensiyasida tuman kasaba uyushmasi tashkilotining 2020-yil iyul oyidan 2025-yil may oyigacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari to’g’risida hisoboti tinglandi va delegatlar tomonidan qoniqarli deb baholandi.
Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tashkilish ishlar bo‘limi mudiri o‘rinbosari Jahongir Umarovich Ixtiyorov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Maxmud Hamidovich Boboyorov, Navoiy viloyat kengashi raisi Nazira Mamanazarovna Tog‘ayeva, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Navoiy viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Anora Yavqochtiyevna Bobomurodovalar ishtirok etdi.
Hisobot-saylov konferensiyasida Haqberdiyev Ma’rufjon Agzamovich ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Xatirchi tuman kengashi raisi etib saylandi.
A. Bobomurodova,
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Navoiy viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi