O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kosonsoy tuman bo‘linmasida hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

2025-yilning 22-may kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kosonsoy tuman bo‘linmasining I-hisobot-saylov konferensiyasi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi buxgalteri X. Nuriddinov, Respublika kengashining Namangan viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi L. G’aniyev hamda Kosonsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i S. Ergashev ishtirok etishdi.

Konferensiyada tuman bo‘linmasi kengashining 2020-yil iyul oyidan 2025-yil may oyigacha bo‘lgan faoliyati muhokama qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilandi. Muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi. So‘zga chiqqan delegatlar kasaba uyushmasi faoliyatiga doir o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijasida Siddiqov Alijon Madaminovich tuman bo‘linmasi kengashi raisi etib qayta saylandi. Shuningdek, tuman bo‘linmasi kengashi a’zolari, taftish komissiyasi a’zolari hamda viloyat konferensiyasiga delegatlar ham saylandi.

L. G’aniyev,
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Namangan viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi

Добавить комментарий