Poytaxt ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasi

Joriy yilning 11-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining majlislar zalida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tarmoq tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar hamda tuman bo‘linmalaridan saylab olingan 85 nafar delegatlardan 78 nafari, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Sh.I.Djalilov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent shahar kengashi raisi, Federatsiya raisi o‘rinbosari, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi rektori, professor S.N.Axmedov, tuman bo‘linma kengashlari raislari, shuningdek, davlat va nodavlat Oliy ta’lim muassasalarining rektorlari va kasaba uyushma qo‘mita raislari, jumladan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik S.M.Turabdjanov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor T.Z.Teshaboyev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, filologiya fanlari nomzodi, professor G.Sh.Rixsiyeva, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari J.S.Kamalovlar ishtirok etdilar.

Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bosqichma-bosqich atroflicha muhokama etilib, ma’ruzachilar tomonidan tayyorlangan hisobotlar tinglandi hamda ma’ruzalar yuzasidan so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashining o‘tgan davrdagi faoliyatini e’tirof etib, “qoniqarli” deb baholadilar.

Shuningdek, yig‘ilish davomida kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar delegatlar tomonidan tasdiqlanib, qarorlar qabul qilindi. Jumladan, yopiq ovoz berish shaklida o‘tkazilgan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi raisi lavozimiga eng ko‘p ovoz bilan Raxmonov Abduxalil Rasulovich saylandi.

Shu bilan bir qatorda,Toshkent shahar bo‘linmasi Taftish komissiyasi raisligiga berilgan nomzodlar ichida Toshkent shahar Iqtisodiyot universiteti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Axmedov Akbarali Sultonmurodovichning nomzodi tasdiqlandi.

Konferensiya yakunida yangi saylangan organlarning kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab, Konferensiya o‘z ishini yakunladi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi

Добавить комментарий