Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida Genderga oid audit o‘tkaziladi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamkorligida davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati tartibida navbatdagi o‘rganish ishlari boshlanmoqda.

Huquqiy asos: Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-dekabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar (O‘RQ-809-son) hamda Respublika komissiyasining tegishli bayonnomasi bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiriladi.

Auditning maqsadi: Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglikni ta’minlash hamda tashkilotlarda xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni o‘rganish.

O‘tkazilish tartibi va muddatlari: Joriy yilning 25-noyabr kunidan boshlab, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining barcha hududiy, tuman (shahar) bo‘linmalari va tizim tashkilotlarida Genderga oid audit o‘tkaziladi.

O‘rganish ishlari Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi vakillari bilan hamkorlikda olib boriladi. Audit natijalari umumlashtirilib, 2025-yilning 10-dekabriga qadar Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga taqdim etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, barcha tizim tashkilotlaridan ushbu jarayonda faol ishtirok etish va o‘rganish ishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish so‘raladi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo’yicha respublika komissiyasi majlisi Bayonnomasi

O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijoiya qo’mitasining qarori

Добавить комментарий