MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA KO‘RIK-TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Kuni kecha O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining II-Majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibiga kiritilgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Majlis davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2017-yil 20-noyabrdagi “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 8-108“s”-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etilgan ko‘rik–tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.  

Unga ko‘ra:
✔️“Eng yaxshi korxona” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Guliston davlat universiteti
2-o‘rin: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
3-o‘rin: Buxoro davlat universiteti

✔️“Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Immunologiya va inson genomikasi instituti
2-o‘rin: Yangibozor tumani 7-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
3-o‘rin: Jizzax shaxar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

✔️“Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin:Xovos tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi(Odiljonov Zarifjon Anvar o‘g‘li)
2-o‘rin: Oxangaron tumani 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Meliboev Bekpo‘lat Raxmatillaevich)
3-o‘rin: Norin tuman 27-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti(Nazarova Adiba Baxodir qizi)

✔️ “Mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Ibodullaev Saidabror Azamat o‘g‘li)
2-o‘rin: Kattaqo‘rg‘on shahar 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti (Ikromova Dilnoza Samar qizi)
3-o‘rin: Urganch davlat pedogogika instituti (Anvarov Bekzod Baxtiyar o‘g‘li) tanlovning g‘oliblari deb topildilar va diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Добавить комментарий