Yangiliklar

14/12/2015
Bayramga bag`ishlangan musobaqa
  2015 yil “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi hamda 8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yillik bayrami munosabati bilan qishloq joylarida sportni ommalashtirish, ayniqsa, sportga turli yoshdagi mehnatkashlar e'tiborini kuchaytirish maqsadida Тa'lim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashi tarmoq xodimlari o`rtasida 2015 yil 5-dekabr kuni Garasha qishloq fuqarolar yig`ini hududidagi Forish ijtimoiy-iqtisodiyot kollejining sport bazasida sportning “stol tennisi” va “armrestling” (qo`l jangi) turlari bo`yicha musobaqa o`tkazildi.  Musobaqada tumandagi №18, 37, 38, 43, 70, 71, 72, 73, 74 ,75, 76, 77, 78, 79 - umumta'lim maktablari va Forish ijtimoiy - iqtisodiyot kolleji hodimlari o`zaro kuch  sinashdilar. Stol tennisidan I o`rinni ijtimoiy-iqtisodiyot ...

12/12/2015
Ilg‘or tajribalar ommalashtirildi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tomonidan boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish, “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi sovrindori - Buxoro shahridagi 123- ixtisoslashtirilgan maxsus maktab internat boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti negizida amaliy o‘quv-seminar o‘tkazildi. Tadbirga taklif etilgan shahar tarmoq tizimidagi kasaba uyushma qo‘mita raislari va kasaba uyushma tashkilotchilari maktab internat kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, ish hujjatlarini rasmiylashtirish tartiblari, kasaba uyushma qo‘mitasi xonasini jihozlash amalda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.  Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi I.Rajabova tashkilot faoliyati bo‘yicha taqdimot qilib, o‘z ish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Shahar kengashi raisi D.Aralova boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini bugungi kun talablari darajasida ...

11/12/2015
“Konstitutsiya-mustaqiligimiz qomusi”
  Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida 2015 yil 5 dekabr kuni Okoltin sanoat kasb-xunar kollejida “Konstitutsiya-mustaqiligimiz qomusi” mavzusida “Ma’naviyat soati” tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Oqoltin tumani FHDYo bo’limi mudirasi M.Jo’raeva, Oqoltin tumani davlat notarial idorasi natariusi N.Tashxodjaeva, Тa’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi R.Bilolovlar ishtirok etishdi.            Tadbirda “Keksalarni e’zozlash yilida” amalga oshirilgan ishlar hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi, ustuvorligi, uning barcha fuqarolar uchun tengligi yig’ilish ishtirokchilariga tushuntirilib, Konstitutsiyamiz nafaqat bugungi kunimizning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi xujjat, yoshlarimizning yo’lini yoritib turuvchi mayoq ekanligi ta’kidlandi. Tadbirda yig’ilish ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.    

10/12/2015
3-dekabr “Halqaro Nogironlar kuni”
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Nishon tuman kengashi tomonidan 3-dekabr “Halqaro Nogiron kuni” munosabati bilan tumandagi umumta'lim maktablarida ta'lim olayotgan 57 nafar nogiron o‘quvchilar ishtirokida tumandagi 38-umumta'lim maktablarida bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida nogiron o‘quvchilar bilan birgalikda ota-onalar, halq deputatlari viloyat kengashi deputati A.Ashurov, tuman hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Jo‘rayevalar ham ishtirok etishdi. Tadbir so‘nggida bayram ishtirokchilari bo‘lgan 57 nafar nogiron o‘quvchilarga tuman kengashi tomonidan o‘quv qurollari va esdalik sovg‘alari tarqatildi. Qolaversa 8-dekbr Konstitutsiya kuni munosabati bilan 9 nafar to‘shakda yotib qolgan va nogiron o‘qituvchilarga moddiy yordam sifatida oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.    

09/12/2015
Qiziltepa tumanida bo‘lib o‘tgan tadbir
  “Nogironlar kuni” munosabati bilan Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 36 maxsus internat maktabidagi(aqli zaif) bolalarga Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qiziltepa tuman kengashi tomonidan ta'lim, tarbiya olayotgan 115 nafar o‘quvchilarga kiyim- kechaklar tarqatildi.           

07/12/2015
Inson qadri e’zoz topgan qomus
  Mamlakatimizda har bir shaxsning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmati davlat va jamiyatning oliy qadriyati deb qabul qilingan. Bu shunchaki so‘zlar emas, mustaqil Vatan fuqarosini sharaflash, e'zozlash demakdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingandan buyon o‘tgan 23 yillik taraqqiyot yo‘li davomida mamlakatimizda erishilgan barcha natijalar, xususan, inson huquqlari va erkinliklarining ta'minlanishi, davlat boshqaruvining eng samarali mexanizmlari joriy etilishi, fuqarolik jamiyati asoslarining vujudga kelishi va rivojlanishi, erkin bozor iqtisodiyoti yo‘liga o‘tilishi kabi yutuqlar aynan Bosh qomusimiz va u asosida qabul qilingan qonunlarning izchil amalga oshirilishi natijasida qo‘lga kiritildi. Konstitutsiya xalqimizning o‘zini-o‘zi boshqarish, erkinlik va ijtimoiy adolat, insonparvar demokratik davlat barpo etish to‘g‘risidagi azaliy orzulari ...

05/12/2015
Sog’lom turmush tarziga qo’yilgan qadam
  Mamlaktimiz aholisini ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishlarini ortirish, ularning salomatligini yanada mustahkamlash, sportda erishilgan yutuqlar orqali O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’si va nufuzini yanada oshirish borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston kasaba uyushmalari tizimiga qarashli tarmoqlarda ham keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sportga birinchi navbatda e’tibor qaratilayotganligi hamda mehnatkashlar o’rtasida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tizimli ravishda tashkil qilish kasaba uyushmalari faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri etib belgilanganligi natijasida yildan yilga sport tadbirlarida ishtirok etuvchi ishchi-xodimlar sonini ortib borayotganligi quvonarli hol albatta . Bunday tashkil qilinayotgan sport tadbirlari tashkilot va muassasalarda faoliyat ko’rsatayotgan ishchi-xodimlarga sport va jismoniy tarbiya kundalik ish jaryoninining bir ...

04/12/2015
Mehr-muruvvat ifodasi
  Mehr-muruvvatli bo‘lish, ko‘ngli o‘ksiklarni qo‘llab - quvvatlash xalqimizning azaliy odati. Yoshlar ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirish, ularning e'tiborini  imkoniyati cheklangan insonlarga qaratib, odamiylik xislatlarini tarbiyalash maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatda “Biz sen bilan, bolajon!” shiori ostida aksiya tashkil etildi. Buxoro bank va iqtisod kasb - hunar kolleji o‘quvchilari maktab internatga tashrif buyurib, o‘quvchilar hayoti bilan tanishdilar. Maktab internat tarbiyalanuvchilari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi kasb -hunar kolleji o‘quvchilariga manzur bo‘ldi. O‘quvchilar nogiron bolajonlar uchun tayyorlagan sovg‘alarini topshirishdi.       Nogironlar kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi 24 ...

03/12/2015
“Diydor shirin”
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jalaquduq tuman kengashi va tuman XTMFMT va TE bo‘limi bilan xamkorlikda 2015 yil 1 dekabr kuni Andijon viloyat Jalaquduq tuman Oyim SHFY o‘ramidagi 32-umumta'lim maktabida “Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan “O‘tganlarni xotirlash, keksalarni e'zozlash-yoshlarga ibrat, yoxud, “Diydor shirin” deb nomlangan faxriylar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari Z.G‘ofurova, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Andijon viloyatidagi ma'sul tashkilotchisi Z.Abdullayev, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi yetakchi mutaxasisi D.Erqo‘ziyeva, viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutining o‘qituvchilari O‘.Oxunov va M.Axmedovlar ishtirok etdilar. Dastlab faxriy-nuroniy ustozlarni 32-umumta'lim maktabi jamoasi karnay-surnay sadolari ...

02/12/2015
“Ozoda qizlar” oilaning naqshidir!
  26-noyabr kuni “Keksalarni e`zozlash yili” davlat dasturi bajarilishini ta`minlash maqsadida Nukus davlat pedogogika institutida “Keksalarni e`zozlash buyuk qadriyat” shiori ostida “Ozoda qizlar” tanlovi bo`lib o`tdi. “Salomnoma”, Sahna ko`rinish “Qarisi bor uyning, parisi bor”, “Erkin mavzu” shartlari bo`yicha o`zaro bellashdilar. Qizlarimizning barcha shartlar bo`yicha to`plagan ballari va ularning qobiliyatiga qarab nominatsiyalar berildi va O`zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Yu.Saparbayeva 3–o`rinni, Pedagogika fakulteti  talabasi A.Askerbayeva 2-o`rinni va faxrli 1-o`rinni Maktabgacha ta`lim va boshlang`ich ta`lim fakultetining talabasi B.Mirzabayeva egalladi. Tanlov so`ngida faol qatnashgan talabalarga institut Kasaba uyushmasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkiloti tomonidan faxriy yorliq va g`oliblarga diplom va qimmatbaho sovg`alar topshirildi.    

Izlash

 

So`ngi e`lonlar