14/12/2015
Bayramga bag`ishlangan musobaqa

 

??????????????????????2015 yil “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi hamda 8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yillik bayrami munosabati bilan qishloq joylarida sportni ommalashtirish, ayniqsa, sportga turli yoshdagi mehnatkashlar e'tiborini kuchaytirish maqsadida Тa'lim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashi tarmoq xodimlari o`rtasida 2015 yil 5-dekabr kuni Garasha qishloq fuqarolar yig`ini hududidagi Forish ijtimoiy-iqtisodiyot kollejining sport bazasida sportning “stol tennisi” va “armrestling” (qo`l jangi) turlari bo`yicha musobaqa o`tkazildi. 

Musobaqada tumandagi №18, 37, 38, 43, 70, 71, 72, 73, 74 ,75, 76, 77, 78, 79 – umumta'lim maktablari va Forish ijtimoiy – iqtisodiyot kolleji hodimlari o`zaro kuch  sinashdilar. Stol tennisidan I o`rinni ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji o`qituvchisi Z.Shomurodov va shu kollej o`qituvchisi S.Omonova, II o`rinni 78- umumta'lim maktabi o`qituvchisi B.Xomidov va 77-maktab o`qituvchisi M.Hakimova, III o`rinni 38- umumta'lim maktabi o`qituvchisi A.Yakubov va 72-maktab xodimi R.Fayziyevalar qo`lga kiritdilar.

Armrestling musobaqasi bo`yicha esa I o`rinni Ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji o`qituvchisi Sh.Abdurahimov va 38-maktab o`qituvchisi S.Shukurova, II o`rinni 79-maktab o`qituvchisi J.Qarshiyev va 37- umumta'lim maktabi yetakchisi U.Xurushbekova, III o`rinni 38- umumta'lim maktabi o`qituvchisi A.Shorahmedov hamda Ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji o`qituvchisi O.Vaqqosovalar egalladilar.

G`oliblar Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashining qimmatbaho esdalik sovg`alari va diplomlari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etganlardan 14 nafari “Eng yoshi ulug` o`yinchi”, “Eng mahoratli o`yinchi”, “G`alabaga bo`lgan intilishi uchun”, “Eng yosh o`yinchi”, “Eng faol o`yinchi” nominatsiyalari bo`yicha rag`batlantirildilar. Musobaqani o`tkazish jarayonida yaxshi hakamlik qilgan Z.Vaqqosov, Sh.Quvondiqov, Sh.Sindarovlarga ham tuman kengashining esdalik sovg`alari topshirildi.

Tizimli ravishda o`tkazilayotgan bu kabi tadbirlar mehnatkashlar o`rtasida sog`lom turmush tarzi targ`ibotida muhim omil bo`lib, quyi bo`g`indagi boshlang`ich tashkilotlarga e'tiborning ortishi natijasidir.

?????????????????????? ?????????????????????? ?????????????????????? ??????????????????????

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar