Yangiliklar

27/12/2014
Jamoa shartnomasi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan o‘quv-seminar tafsiloti
O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi M.Raximova tomonidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorlikda 2014 yil 25 dekabr kuni shahar, tuman kengashlari raislari, yirik boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari yetakchilari (jami 97 kishi)  ishtirokida Jamoa shartnomasi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish (konferensiya)larni o‘tkazish tartibiga oid o‘quv-seminar tashkil qilindi.  O‘quv-seminarni Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi Muyassar Raximova kirish so‘zi ochar ekan, o‘tkazilayotgan o‘quvning mazmun mohiyati, jamoa shartnomasi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish(konferensiya)larni talab darajasida tashkil qilish, uyushqoqlik bilan o‘tkazish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda o‘quv-seminar dasturidan o‘rin olgan “Xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy ...

26/12/2014
Jamoa shartnomasi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish
O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2014 yil 25 noyabrdagi MK/85 modemnomasi yuzasidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2014 yil 30 oktyabrdagi nazorat-rejasining 5 bandiga muvofiq, Sirdaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorlikda jamoa shartnomasi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish, konferensiyalarni o‘tkazish tartibiga oid o‘quv seminari tashkil etildi. O‘quv seminarda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida kasaba uyushmalarining vazifalari, ijtimoiy sherikchilik masalalari hamda jamoa shartnomalarini tuzishda e'tibor qaratilishi muhim bo‘lgan masalalar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi hamda jamoa shartnomasini tuzish, unga tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish, kasaba uyushmasi faoliyatini yuritishga oid uslubiy qo‘llanmaning jamlangan prezentatsiyasi seminar ishtirokchilariga namoyish etildi va ...

23/12/2014
An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan sport musobaqalari
O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Respublika O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi apparat xodimlari o‘rtasida tarmoq kelishuvlari ijrosini ta'minlash hamda ta'lim, fan va madaniyat muassasalari xodimlarini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularni jismonan chiniqtirish, salomatliklarini mustahkamlash, aqliy mehnat bilan sportni uyg‘unlikda olib borish maqsadida sport musobaqalari an'anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinmoqda. Bu yilgi turnir joriy yilning 19-20 dekabr kunlari Toshkent xalqaro Vestminster Universitetida bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarning ochilish marosimida O‘zbekiston ta'lim, fan va ...

22/12/2014
“Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida davra suhbati
O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiya Kengashining 2014 yil 11 dekabrdagi TN-05/1838 sonli xatiga asosan Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar Kengashlari raislari rahbarlari tashabbusi bilan “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi. Shu yil 16 dekabrda o‘tkazilgan davra suhbatda Yangiyer shahar hokimi I.Qudratov, shahar hokimi o‘rinbosari A.Abduqodirov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi o‘rinbosari Q.Eshnazarov, mas'ul tashkilotchi A.Mamarasulov, shahar moliya bo‘limi, Bandlikka ko‘maklashish va aholini muhofaza qilish markazi, Xalq ta'limi boshqarmasi, Tibbiyot birlashmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Elektr va tabiiy gaz tarmoqlari, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi rahbarlari hamda maktablar, kasb-hunar kollejlari kasaba uyushmalari raislari va faollari ishtirok etishdi. ...

11/12/2014
“Konstitutsiya-ijtimoiy taraqqiyot va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati”
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligini nishonlash maqsadida, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 2014 yil 10 dekabr kuni O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining “O‘quv teatri”da “Konstitutsiya-ijtimoiy taraqqiyot va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari T.Z.Teshabayev, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori B.S.Sayfullayev, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, xalq ta'limi vazirliklari vakillari hamda bir qancha kasaba uyushmasi faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.          Tadbirni O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi ...

06/12/2014
Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan sport musobaqasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligiga bag‘ishlab, 2014 yil 5 dekabrda Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashi tomonidan mehnat jamoalarida ishchi xodimlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqalarda 126 nafar kasaba uyushma a'zolari ikki guruhga bo‘lingan holda ya'ni 18-35yoshgacha va 35 yoshdan katta yoshlar qatnashdilar. Erkaklar 2 km, 100 metr va joydan uzinlikka sakrash, ayollar esa 800 metr, 60 metr va uzinlikka sakrash bo‘yicha belashdilar. Musobaqa judayam qiziqarli va taasurotlarga boy bo‘ldi. G‘oliblar Samarqand shahar kengashi tomonidan qimmatbaxo esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.   

05/12/2014
“Konstitutsiya-huquq va erkinligimiz kafolati”
Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman kengashi  tasarrufidagi kasaba uyushma tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunining 22 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya-xuquq va erkinligimiz kafolati!” shiori ostida bir qator tadbilar tashkil etildi. Muassasa va tashkilotlarda mutaxassislarni jalb qilgan xolda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini, xalqimiz ma'naviy hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan huquq sohasidagi islohotlarni targ‘ib etishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suxbatlari uyushtirildi, Bayram arafasida tumandagi 35-umumta'lim maktabida xodimlar va ularning farzandlari ishtirokida “Huquqimiz-hamroximiz” mavzusida huquqiy bilimlar bo‘yicha bellashuv, Romitan sanoat kolleji o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi, Romitan pedagogika kollejida “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Barcha ta'lim muassasalarida ...

04/12/2014
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashi tomonidan nogironlar moddiy qo‘llab quvvatlandilar
Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashi tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan ta'lim muassasalarida ko‘p yillardan beri ishlab kelayotgan nogironlar, kasb kasalligiga chalingan bir qator xodimlar va uyda yotib qolgan nogironlarni moddiy va ma'naviy qo‘llab quvvatlash maqsadida xayriya yordami ko‘rsatildi.  

04/12/2014
3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni”
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni”  munosabati bilan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ma'naviy tadbir o‘tkazildi. Institut jamoasi tarkibida 12 nafar professor-o‘qituvchi va 32 nafar talabalar yoshlarlar 2-guruh nogironlari ro‘yxatiga olingan bo‘lib, mazkur tadbir “Sog‘lom avlod uchun” hayriya jamg‘armasi Buxoro viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqan “Sog‘lom avlod uchun” hayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi direktori M.Axmedova talaba yoshlarga jamg‘arma faoliyati va vazifalari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, talabalarni “Nogironlar kuni” munosabati bilan tabriklab jamg‘armaning esdalik sovg‘alarini topshirdi. Institut ma'muriyati tomonidan esa kasaba uyushma qo‘mitasi tavsiyasi bilan nogiron o‘qituvchilarga 150 000 so‘mdan, talabalarga esa 100 000 so‘mdan rag‘batlantirish mablag‘lari ajratildi. ...

04/12/2014
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida “Xalqaro Nogironlar kuni” munosabati bilan faxriylar xolidan xabar olindi
O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2014 yil 28 noyabrdagi 3 dekabr-“Xalqaro Nogironlar kuni”ni o’tkazish to’g’risidagi 14/5-o-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish va har tomonlama qo’llab quvvatlash, shuningdek, 3 dekabr- “Xalqaro Nogironlar kuni”ga bag’ishlangan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Sirdaryo viloyati ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Boyovut tumani kengashi tomonidan mehr murruvatga muhtoj bo’lgan ta’lim sohasida samarali mehnat qilgan faxriylar xolidan xabar olindi. Ayniqsa Boyovut tumanidagi 2012 yil betob bo’lib uyda yotib qolgan va boquvchisini yo’qotgan 48 maktabning sobiq ingliz tili fani o’qituvchisi Raxmatova Turdijon bilan o’tkazilgan suhbat qizg’in davom ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar