Sirdaryo tumanida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinmoqda

Joriy yilning 11-yanvar kuni Sirdaryo tumanida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi Kengashi va Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida yirik sport tadbiri tashkil etildi. Tadbirning bosh maqsadi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy salomatligini tiklash hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Musobaqa 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilib, sportning ommaviy Mini futbol turi tanlandi. Ushbu musobaqa nafaqat sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, balki xodimlarni turli kasb kasalliklaridan himoya qilishda muhim qadam bo‘ldi.

Turnir davomida ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyon etib, haqiqiy jamoaviy o‘yin ruhi bilan harakat qilishdi. Sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan estalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar o‘qituvchilar va boshqa ta’lim xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman bo‘linmasi Kengashi

Добавить комментарий