O’zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi Plenumi boʻlib oʻtdi



Joriy yilning 24-yanvar kuni Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasining Plenumi oʻtkazildi. Tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi:
- Fanlar akademiyasi kasaba uyushmasi VII hisobot-saylov konferensiyasini chaqirish boʻyicha muhokama oʻtkazilib, qaror qabul qilindi.
- «Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarda hisobot-saylovlarni oʻtkazish» haqidagi qaror ijrosi yuzasidan oʻquv seminar tashkil etildi.
Seminarda Federatsiyaning Toshkent shahar kengashi tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri V. Shulyatnikova ishtirok etib, mavzuga oid ma’ruza bilan soʻzga chiqdi. Plenum davomida aʼzolar oʻrtasida faol fikr almashildi va kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejalashtirildi.
Mazkur yigʻilish Fanlar akademiyasi kasaba uyushmasi faoliyatini yanada rivojlantirish va aʼzolar manfaatlarini himoya qilish borasidagi saʼy-harakatlarni kuchaytirishga qaratilgan.
Sh. Jo’rayev,
O’zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi