Yunusobod tumanidagi 96-maktabda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yig‘ilish
Bugun, Yunusobod tumanidagi 96-maktabda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Yunusobod tumanidagi 96-maktab ma’muriyati va O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Yunusobod tuman bo‘linmasining 2024–2026-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yildagi sur’atlari haqida hisobot tinglandi.
Shartnomada belgilangan bandlarning 2024-yildagi ijrosi bo‘yicha dalolatnoma o‘qib eshittirildi. Hisobot davomida, 2025-yil uchun kiritilishi zarur bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda 96-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Gulsara Saydalieva fikrlarini bildirgan holda, bugungi kunning shiddatli o‘tishini va qilinayotgan ishlar sifatining yuqori bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoatchilik nazorati va kengashuv asosida faoliyat olib borish muhim ahamiyatga ega.
Yig‘ilishda shu bilan birga, maktab kasaba uyushma qo‘mitasining 2020–2025-yillar faoliyati bo‘yicha hisobot taqdim etildi, yangi qo‘mita raisi va a’zolari saylandi, hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Yunusobod tuman bo‘linmasi konferensiyasiga delegat saylash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda ovoz berish muqobillik asosida yashirin tarzda o‘tkazildi va yangi kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari saylab olindi.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish tartibi bo‘yicha fikr almashildi va kelgusi ishlar rejalashtirildi.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi