Ğijduvonda kelajak avlod uçun yaşil meros: 66-maktabgaça ta’lim taşkilotida «Kasaba uyuşmasi boği» barpo etildi

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş va hududlarni yaşillaştiriş masalasi davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Xususan, umummilliy «Yaşil makon» loyihasi doirasida respublikamizning barcha bölim va hududlarida keng kölamli obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Uşbu jarayonda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi vakillari ham faol iştirok etib, özlarining munosib hissalari va ğamxörliklarini körsatib kelmoqdalar.

Uşbu xayrli an’ananing mantiqiy davomi sifatid, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Ğijduvon tuman bölinmasi Kengaşi taşabbusi bilan Ğijduvon tumani hududidagi 66-davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti hududida yangi «Kasaba uyuşmasi boği» taşkil etildi. Obodonlaştiriş va yaşillaştiriş aksiyasi çoğida muassasaning böş turgan va unumli foydalaniş imkoniyati mavjud bölgan yer maydonlariga 500 donaga yaqin turli xil mevali daraxt köçatlari ötqazildi. Ekilgan har bir köçat hududning iqlim şaroitiga mos ravişda tanlab olindi va ularni parvarişlaş uçun zarur çora-tadbirlar belgilab olindi.

Kasaba uyuşmalari bugungi kunda faqatgina xodimlarning ijtimoiy-huquqiy manfaatlarini himoya qiliş bilan çeklanib qolmasdan, balki ularning mehnat qiladigan, faoliyat yuritadigan va ta’lim-tarbiya beradigan maskanlarida munosib, soğlom hamda xavfsiz şaroitlarni yaratişda ham faol taşkilotçi sifatid namoyon bölmoqda. Ğijduvon tuman bölinmasi Kengaşi tomonidan amalga oşirilgan uşbu amaliy iş — kasaba uyuşmasining jamiyat hayotidagi, ta’lim muassasalari rivojidagi hamda ma’naviy-ekologik muhitni yaxşilaşdagi bevosita hissasining yorqin isbotidir. Ta’lim muassasasi xodimlari hamda kasaba uyuşmasi faollari birgalikda mehnati evaziga bunyod etilgan uşbu böğ kelgusida maktabgaça ta’lim taşkiloti jamoasi uçun haqiqiy yaşil guşaga aylanadi.

Maktabgaça ta’lim muassasasi hududida yaşil maydonlarni kengaytiriş va mevali böğ yaratişning pedagogik hamda tarbiyaviy ahamiyati juda yuqoridir. Bolajonlar ta’lim-tarbiya oladigan maskanda musaffo havo va soğlom ekologik muhitning mavjudligi ularning jismoniy hamda ruhiy rivojlanişiga bevosita ijobiy ta’sir körsatadi. Bundan taşqari, yoş avlodni bolalikdanoq tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, atrof-muhitni asraş, har bir daraxt va ösimlikka ehtiyotkorona munosabatda böliş könikmalarini şakllantiriş aynan şunday amaliy loyihalar orqali amalga oşiriladi. Kutilayotgan natija şuki, bolajonlar uşbu mevali daraxtlarning ösişi va parvarişini öz közlari bilan körib, ekologik madaniyatni amalda anglab boradilar.

«Kasaba uyuşmasi boği» — bu faqatgina bir kunlik obodonlaştiriş aksiyasi emas, balki kelajak avlodlar uçun qoldirilayotgan qadrli va yaşil merosdir. Har bir ekilgan köçat tabiatga bölgan yuksak mehr, kelajakka bölgan yuksak e’tibor va jonajon yurtimiz obodligi yölida qöyilgan ezgu hamda savobli qadamdir. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Ğijduvon tuman bölinmasi Kengaşi tomonidan bular kabi xayrli taşabbuslarni izçil davom ettiriş, ta’lim muassasalari hududlarini obodonlaştiriş va yaşil maydonlarni köpaytiriş böyiça amaliy çoralarni yanada kengaytiriş rejalashtirilgan. Uşbu yaşil böğ yillar ötib öz mevalarini beradi va kelajak avlodlar uçun musaffo havo hamda gözal tabiat manbai bölib xizmat qiladi.

Добавить комментарий