Kasaba uyuşmalari va ta’lim fidoyilari — Yaşil kelajak sari birgalikda!





Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlaş, atrof-muhit musaffoligini asraş, yaşil hududlarni kengaytiriş hamda kelajak avlod uçun soğlom hayot muhitini yaratiş yölida amalga aşirilayotgan «Yaşil makon» umummilliy loyihasi ezgulik va bunyodkorlikning muhim timsoliga aylanmoqda.
Aniq şunday ezgu maqsadlar yölida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Oltiariq tuman bölinmasi kengaşi taşabbusi bilan «Kasaba uyuşmalari va ta’lim fidoyilari — Yaşil kelajak sari birgalikda!» şiori ostida yuqori saviyadagi ma’naviy-ekologik tadbir taşkil etildi. Unda kasaba uyuşmasi faollari, ta’lim muassasalari rahbarlari, başlanğiç kasaba uyuşma qömitalari raislari, fidoyi pedagoglar hamda soha xodimlari faol iştirok etdilar.
Tadbir davomida yaşil hududlarni köpaytiriş, daraxt va köçatlarni asrab-avaylaş, ekologik madaniyatni yuksaltiriş, yoş avlod qalbi da tabiatga mehr va mas’uliyat tuyğularini şekllantiriş borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, ustozlarning nafaqat ta’lim-tarbiya berişda, balki jamiyatda ekologik madaniyatni qaror toptiriş, tabiatni muhofaza qiliş va ezgu taşabbuslarga boş-qoş bölişdagi örni alohida e’tirof etildi.
Zero, bugun ekilgan har bir nihol — ertangi kunga bölgan işonç, kelajak avlodga qoldiriladigan bebaho merosdir. Kasaba uyuşmalari va ta’lim fidoyilarining bu boradagi hamjihatligi ezgu maqsadlarni amaliy natijalarga aylantirişga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida iştirokçilar tabiatni asraş — nafaqat bugunning, balki kelajak oldidagi muqaddas burç ekanligini yana bir bor ta’kidladilar. Biz birgalikda ekkan nihollar — yaşil kelajakning ilk qadamlaridir!
