Sanʼat va maʼrifat uyğunligi: Munosiblar taqdirlandi






Özbekiston kasaba uyuşmalari saroyida «RENESSANS» teatr-studiyasi tomonidan sahnalaştirilib, tomoşabinlar eʼtiboriga havola etilgan «Padarkuş XXI» spektakli epizodlarini özida aks ettirgan tasviriy sanʼat asarlari mualliflari Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşi tomonidan munosib taqdirlandi.
Tantanali taqdirlaş marosimida Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşi nomidan Djalilov Şuxrat Ilxamoviç iştirok etdi. U öz sözida sermahsul ijodiy hamkorlik, yuksak badiiy mahorat hamda sahna asarining maʼnaviy-tarbiyaviy taʼsirçanligini oşirişga qöşgan munosib hissalari uçun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati hamda professor-öqituvçilariga Respublika kengaşining çuqur minnatdorçiligini izhor etib, mualliflarga esdalik sovğalari va taşakkurnomalarni topşirdi.
Ijodiy hamkorlik doirasida Respublika kengaşi tomonidan taqdirlangan mutaxassis va mualliflar röyxati:
- Jumaniyazov Şixnazar Raximberganoviç — Tasviriy sanʼat fakulteti dekani;
- Rajabov Umarbek Zaripbaeviç — Mahobatli rangtasvir kafedrasi dotsenti;
- Tuyakov Jamoliddin Arabboy öğli — Mahobatli rangtasvir kafedrasi katta öqituvçisi;
- Usmonaliev Zaynobiddin Adxamjon öğli — Mahobatli rangtasvir kafedrasi mudiri, öqituvçi;
- Narziev Nuriddin Nasriddinoviç — Miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi katta öqituvçisi;
- Saidov Öktamboy Rajabbaeviç — Haykaltaroşlik kafedrasi dotsenti;
- Usmonov Nodirbek Şavkatoviç — Haykaltaroşlik kafedrasi mudiri, öqituvçi;
- Kenjaev Sanʼat Obidoviç — Teatr bezagi rangtasvir kafedrasi katta öqituvçisi;
- Matyazov Otabek Rözimboeviç — Amaliy bezak sanʼati va restavratsiya kafedrasi katta öqituvçisi;
- Xujaniyozov Raşid Kuşnazaroviç — Çizmatasvir kafedrasi mudiri, dotsenti.
Bu kabi madaniy-maʼrifiy loyihalar va ijodiy hamkorliklar sanʼat ahlini qöllab-quvvatlaş, taʼlim va madaniyat muassasalari örtasidagi özaro aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
