Yangiliklar

15/06/2016
Tanlovining II – shahar bosqichi
    Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashi tomonidan Guliston shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda 2016 yil 8 iyun kuni Guliston shahridagi Bolalar-o‘smirlar sport maktabida 6 nafar 35 yoshgacha bo‘lgan sport murabbiylari o‘rtasida “Eng faol yosh sport murabbiyi” tanlovining II - shahar bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Tanlovning shartlariga ko‘ra Xakamlar xay'ati tomonidan nomzodlarning sport sohasidagi umumiy ish staji, chet (ingliz) tilini bilishi, mehnat huquqini o‘zlashtirganlik darajasi, qo‘lga kiritgan yutuqlari, o‘z kasbi bo‘yicha qilgan yangiliklari, ixtirolari, ishlanma, patentlari, murabbiy sifatida shogirdlarini erishgan yutuqlari, fotoalbomlari, videolavha va slaydlari o‘rganib tahlil qilinib, “Eng faol ...

10/06/2016
“Kasaba uyushmalari – bolalarga”
  1-iyun Xalqaro bolalar kuni Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar kengashi xalq ta'limi muassasalarini metodik ta'minlash va tashkillashtirish bo‘limi bilan birgalikda qator tadbirlarni amalga oshirdi. Nukus shahridagi Yoshlar uyi yonidagi fontan qoshida shahar hokimiyati, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan birlikda tadbir uyushtirildi. Tadbirda interaktiv o‘yinlar, konkurslar, konsert dasturi namoyish etildi, konkurs g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir so‘ngida shahar kengashi tomonidan tarmog‘imizdan 80ta kam ta'minlangan, ko‘p bolalali oila farzandlariga sovg‘alar topshirildi. Shu bilan birga kasaba uyushmasi shahar kengashi tomonidan shahardagi 6 va 7-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarga bayram sovg‘alari topshirildi.      

08/06/2016
Eng faol yosh sport murabbiysi
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash hamda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tomonidan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining “Eng faol yosh sport murabbiysi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovning shahar bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda tanlvov 1-bosqichining 8 nafar g‘oliblari - yosh sport murabbiylari ishtirok etdilar. Ko‘rik-tanlov ishchi komississiyasi ishtirokchilarni baholashda ularning faoliyatiga doir hujjatlarni ...

07/06/2016
“Universiada 2016” g‘oliblari e’tirof etildi
  Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlar zaminida aholi ayniqsa yoshlarning baxti va farovon hayot kechirishi, ezgu orzu istaklarini ro‘yobga chiqarishiga keng imkoniyatlar yaratish maqsadi mujassam. “Universiada-2016” sport o‘yinlari davomida bu maqsadlarning ijobati yana bir karra namoyon bo‘ldi. Farg‘onada o‘tkazilgan “Universiada-2016” musobaqalarida Buxoro viloyati jamoasi tarkibida 41 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Qizg‘in o‘tkazilgan bahslarda Buxoro davlat universiteti va Buxoro muhandislik va texnologiya instituti talabalari sportning 6 turi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Nigina Sharipova yengil atletika, Sardov Do‘stmuradov og‘ir atletika, Mirzabek Raxmatov yunon rum kurashi musobaqalarida tengdoshlari orasida eng kuchli ekanliklarini isbotlab, faxrli 1-o‘rinni ...

06/06/2016
O‘z kasbining mohir egalariga e’tirof
  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbirini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha 2014 yil 14 aprel 16-76”s” sonli qaori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Nizom asosida mehnatkashlarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi va ijodkorlik qobiliyatlarini rag‘batlantirish orqali ularning professional darajasini oshirish hamda ijtimoiy faoliyatga keng jalb etish, turli sohalarda mehnat qilayotgan mohir kasb egalariga yosh mutaxassislarni biriktirish orqali yoshlarning kasbiy mahoratini oshirishga erishish, shuningdek “Ustoz-shogird” an'analarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ana shunday taqdirlash tadbiri kasaba uyushmalari tizimida har ikki yildan 5 bosqichda o‘tkazilmoqda. 2016 yil 2 iyun kuni Urganch Davlat Universitetida boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasi tomonidan Universitet ma'muriyat bilan hamkorlikda ...

04/06/2016
Ilm sarchashmalari
  O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash hamda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahoratini va bilim darajasini oshirish uchun zarur yaratish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili 4 bosqichli “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. 2016 yil 2 iyun kuni Urganch Davlat Universitetida ham mazkur tanlovining “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi bo‘yicha Universitet bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda 20dan ortiq yosh olimlar, ilmiy tatqiqodchilar va iqtidorli magistrantlar ishtirok etdilar. G‘oliblar Urganch Davlat Universiteti kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Faxriy yorliq va qimmatbaho ...

03/06/2016
Bolalarga bering dunyoni
  Bolalar-mustaqil O‘zbekistonimizning kelajagi. Ularning yuzidagi tabassum, ko‘zidagi quvonchni ko‘rib, yurtimiz haqiqatda ham baxtli bolalar mamlakati ekanligiga yana bir bor ishonch hosil etamiz. Kasaba uyushmalari ham yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lomlashtirish, iste'dodlarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida izchil tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tomonidan “Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan “Kasaba uyushmalari- bolalarga” aksiyasi doirasida qator tadbirlar tashkil etildi. Bayram arafasida tarmoq tashkilotlari va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 80 nafar kam ta'minlangan oilalar farzandlari “Shirin” bolalar dam olish majmuasiga  bayram tadbiriga taklif etildi. Viloyat qo‘g‘irchoq teatrining bayram dasturi, bolajonlarning musiqiy chikishlari, qiziqarli ko‘ngilochar o‘yinlar bolajonlarga manzur ...

02/06/2016
Iste’dodli yosh olimlar tanlovi
  Buxoro davlat universitetida eng ilg‘or ilm-fan va taraqqiyot sirlarini o‘zlashtirish, xorijiy tillarni, axborot texnologiyalarini puxta egallash va bugungi zamon talablariga javob beradigan yetuk mutaxassislar tayyorlash uchun barcha sharoitlar muhayyo. Oliy o‘quv yurtida 35 yoshgacha 8 nafar fan nomzodi-dotsent, 34 nafar ilmiy xodim izlanuvchi faoliyat olib bormoqda. Yosh mutaxassislar davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajarilayotgan 8ta fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarda tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, yosh olimlarning qobiliyatlarini rivojlantirish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarning kasbiy aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashishlariga zamin yaratish maqsadida Buxoro davlat universitetida joriy yilning 5-30 may kunlari “Eng faol yosh olim” tanlovi ...

30/05/2016
“Surxonning jajji go‘zali” ko‘rik tanlovi
  Joriy yilning 28 may kuni 9-musiqa va san'at maktabida “Surxonning jajji go‘zali” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik tanlovda maktabgacha ta'lim muassasasi jajji qizaloqlari ishtirok etishdi. “Surxonning jajji go‘zali” ko‘rik tanlovi g‘olibi 5-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Allaberdiyeva Sevara deb topildi va viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.       

28/05/2016
Huquqiy bilimdonlik-zamon talabi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kogon shahar kengashi tomonidan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VII Qurultoyida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan Dastur” ijrosini ta'minlash maqsadida tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, xususan ayollar va yoshlar o‘rtasida ijtimoiy mehnat sohasida xalqaro va milliy standartlarni targ‘ib etishga, ularning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan davra suhbatlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Joriy yilning 27 may kuni Kogon shahar “Barkamol avlod bolalar markazi” xodimlari ishtirokida “Xotin-qizlar uchun mehnat qonunlarida, jamoa kelishuvlari va shartnomalarida belgilangan imtiyozlar va kafolatlar” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida tarmoq xodimlariga korxonaning lokal ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar