30/05/2017
“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yashnobod tuman kengashi tomonidan ham tumanda “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda tumanning 40 ta boshlang‘ich tashkiloti ishtirok etdi. Ulardan 5 tasi 100 nafargacha va 35 tasi 100 nafardan ortiq a’zolarga ega bo‘lgan tashkilotlar g‘oliblik uchun bellashishdi.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Yashnobod tuman komissiyasi a’zolari tanlovni haqqoniy va belgilangan tartibda o‘tishini ta’minladilar. Tanlov yakuniga ko‘ra tumandagi a’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan 303- maktabgacha ta’lim muassasasi boshlang‘ich tashkiloti va 100 nafardan ortiq bo‘lgan 204-umumta’lim maktab boshlang‘ich tashkiloti g‘olib deb topildi.

Tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar shahar bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar