12/01/2018
Bolajonlarga bayramga munosib sovg‘a

2

Shahrisabz tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 7-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi investitsiya dasturi asosida qayta qurilib, joriy yilning yanvar oyida foydalanishga topshirildi. Muassasa 70 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ta’lim muassasasida 17 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Muassasa qurilishi uchun davlat tomonidan 833 mln. 800 ming so‘m miqdorda mablag‘ ajratilgan.

Big‘mi qishlog‘i maktabgacha talim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil bayramiga mazkur maktabgacha talim muassasasi munosib sovg‘a bo‘ldi.

Muassasaning ochilish marosimi tadbirida tarbiyalanuvchilardan kelgusida Vatan ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadigan munosib farzandlar yetishib chiqadi, deb takidladi tuman hokimi X.Bozorov.

Shuningdek tadbirda tuman prokurori A.Navro‘zov, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Almirzaeva, tuman kengashi raisi S.Abdullaev hamda maktabgacha talim muassasasi bo‘limi mudiri D.Imomovalar ishtirok etdilar.

3

 

 

 

 

 

1


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar