XODIMLARGA ISHLAGAN VAQTLARI UCHUN HISOBLANMAGAN ISH HAQLARI OLIB BERILDI.           

0

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kosonsoy tuman bo‘linmasi kengashiga 2024-yil sentabr oyida kelib tushgan murojaatlarni 2 tasi bir xil mazmunni kasb etardi. Tarmoq tizimidagi 3-maktabning 24 nafar va  22 -maktabning 36 nafar o‘qituvchi va xodimlari uchun 2024-yilning 29-, 30-, 31-iyul oyida  ishlagan kunlari uchun ish haqi hisoblanmagan. Ushbu murojaat tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan atroflicha o‘rganildi. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda yuqoridagi maktablarga biriktirilgan hisobchi bilan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 3-, 22-maktablarda ishlovchi 60 nafar pedagog va ishchi xodimlarning uch kunlik ish xaqlari 2024-yil sentabr oyiga qo‘shib hisoblab berilishiga erishildi. Natijada 3-maktabda ishlovchi 24 nafar xodimlarga 10 279 000 (O‘n million ikki yuz ellik to‘qqiz ming ) so‘m va 22-maktabda ishlovchi 36 nafar xodimlarga 14 803 000 (O‘n to‘rt million  sakkiz yuz uch ming) so‘m jami 60 nafar xodimlarga 25 082 000 (Yigirma besh million sakson ikki ming ) so‘m ish haqi hisoblanmay qolib ketgan ish haqlari hisoblab olib berilishi ta’minlandi.

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kosonsoy tuman bo‘linmasi kengashi

Добавить комментарий