2024 yil 2-dekabr kuni Quyichirchiq tumanida «Nogironlar kuni»ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

2024 yil 2-dekabr kuni Quyichirchiq tuman hokimligi va MMTБ hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan keng miqyosda tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida tuman miqyosida 120 dan ortiq ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar vakillariga yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, shuningdek, yotoqxonada bo‘lib turgan 5 nafar o‘quvchilarning holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Ta’lim sohasida 70 dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga e’tibor ko‘rsatish maqsadida kasaba uyushmasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga plastik kartalariga pul o‘tkazildi. Bu yordam, nogironligi bo‘lgan va moddiy jihatdan qiyin ahvolda bo‘lgan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan edi.

Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan «Grant Nur» kafesida bayramona tadbir o‘tkazildi. Tadbirda nogironligi bo‘lgan insonlar uchun maxsus dastur tashkil etilib, ularga bayramona ruh hamda quvnoq va yaxshi kayfiyat ulashildi. Tadbir davomida o‘tkazilgan konsert dasturi ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, mehmonlarni xursand qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu tadbir, nafaqat nogironligi bo‘lgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, balki ularni jamiyatda teng huquqli va faollikni ko‘rsatishga undash maqsadida o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi – nogironligi bo‘lgan insonlarga yordam berish, ular uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatish va hayot sifatini yaxshilashdir. Tadbirda ishtirok etgan har bir kishi o‘zining ahvoli va ehtiyojlariga ko‘ra yordam oldi, shuningdek, bunday tadbirlar davom ettirilishi va kengaytirilishi lozimligi ta’kidlandi.

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Quyichirchiq tuman bo‘linmasi kengashi