2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan Alfraganus universiteti xodimlari Toshkent botanika bog‘ida sayohat qildilar

2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan Alfraganus universiteti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan universitet xodimlari uchun O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘iga sayohat uyushtirildi.

Ushbu tadbir doirasida universitet xodimlari botanika bog‘ining turli pavilonlarini tomosha qilib, atrof-muhitni asrash va ekologik barqarorlikka oid yangi bilimlar olishdi. Bog‘da mavjud bo‘lgan o‘simliklar va ekologik loyihalar, ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi ilmiy ishlar bilan tanishish imkoniyatini yaratdi. Tashrif davomida bog‘ning boy florasi va ekologik ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan qiziqarli ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi.

Xodimlar bu sayohat orqali atrof-muhitni asrash, yashil iqtisodiyotga o‘tish va ekologik ta’limni yanada rivojlantirish borasida yangi bilim va ko‘nikmalar egallashdi. Tashrifda qatnashganlar ekologiya va tabiatni asrashga oid ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, bu esa o‘z navbatida universitetda ekologik ongni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi BKUQ