Olmazor tuman ta’lim muassasalari rahbarlari, kasaba uyushma qo‘mita raislari ishtirokida yangi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbir Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olmazor tuman bo‘linmasi kengashi hamda Olmazor tuman maktabgacha va maktab ta’limi tomonidan tashkili etilib, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi M.M.Karimjonov seminar ishtirokchilariga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Yangilangan Konstitutsiya mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun gʻoyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi ulkan qadamdir.
Konstitutsiyada Oʻzbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qatʼiy belgilab qoʻyildi.
Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qatʼiy talab sifatida belgilandi. Bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab faoliyat koʻrsatishiga asos boʻladi.
Binobarin, qonunlardagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal boʻlishi shart va zarur. Bunga koʻra, inson va davlat oʻrtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi.
Konstitutsiyada kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash, ishsizlikdan himoya qilish boʻyicha normalar belgilandi. Xususan, Konstitutsiyada har kimning uy-joyli boʻlish huquqi belgilandi. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning oʻz boshpanasiga ega boʻlishini taʼminlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.
Aholi hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zaruriy sharti sifatida Konstitutsiyada atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha kompleks choralar belgilandi.
Taʼlim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi, oʻqituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega boʻladi. Jumladan, fuqarolarning oliy taʼlim muassasalarida davlat granti hisobidan oʻqish huquqi qatʼiy belgilab qoʻyildi. Asosiy qonunda fuqarolarning bepul boshlangʻich kasb-hunarga oʻqitilishi ham belgilandi.
Konstitutsiyada davlatning oʻqituvchilar shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish majburiyati qayd etildi. Oliy taʼlim tashkilotlariga akademik erkinlik, oʻzini oʻzi boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligi huquqi taqdim etild.

Oʻzbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olmazor tuman bo‘linmasi kengashi

Добавить комментарий