Tarixiy qadamjolarga safar: Yangiyo‘l shahridagi 6-maktab jamoasi azim Samarqandda bo‘ldi

Yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish hamda ta’lim sohasi fidoyilarining mazmunli va madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash maqsadida Yangiyo‘l shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi uchun ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Joriy yilning 12-aprel kuni amalga oshirilgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy sayohat davomida maktab jamoasi Samarqandning boy tarixi va asrlar sinovidan o‘tgan betakror me’moriy obidalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Xususan, ishtirokchilar ulug‘ mutafakkirlar va ajdodlarimiz qadamjolari bo‘lmish Imom al-Buxoriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Shohizinda majmuasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasi va uy-muzeyini ziyorat qildilar.

Ta’kidlash joizki, bu kabi tadbirlar ustoz va murabbiylarning kundalik mas’uliyatli ish jarayonlaridan so‘ng ruhiy tetiklanishi, salomatligini tiklashi hamda jamoada do‘stona muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sayohat barcha ishtirokchilar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirib, mehnat jamoasining yanada jipslashuviga va o‘zaro hamjihatlikning mustahkamlanishiga xizmat qildi.

Ushbu sayohatni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazishda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan hamda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlagan Yangiyo‘l shahar Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi O. Qodirovaga maktab jamoasi nomidan cheksiz va samimiy minnatdorchilik bildirildi.

Добавить комментарий