1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Aziz va muhtaram ustozlar!

Sizlarni qalblarga ezgulik, onglarga ma’rifat, hayotga mazmun baxsh etuvchi sharafli kasb bayramingiz — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Ustoz — nafaqat bilim beruvchi, balki inson qalbiga yo‘l topib, kelajak avlodning orzu-intilishlariga qanot beruvchi buyuk kasb egasidir. Sizning har bir sabog‘ingiz, bergan nasihatingiz va mehringiz shogirdlaringiz hayotida o‘zining munosib aksini topadi.

Ta’lim va tarbiya yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz uchun Sizlarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Hayotingiz doimo shogirdlaringizning yutuqlari, qalbingiz esa ularning ezgu tilaklari bilan nurafshon bo‘lsin!

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi, kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

Добавить комментарий