Mehnat muhofazasi bo‘yicha Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi boshlandi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimdagi barcha boshlang‘ich tashkilotlar, soha vakillari va yosh mutaxassislar diqqatiga an’anaviy “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning Respublika bosqichi boshlanganligini ma’lum qiladi.

Mazkur yirik tanlov ish joylarida xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda bu borada jamoatchilik nazoratining samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.

Bu yilgi Respublika bosqichida ham tizim korxona va tashkilotlari quyidagi to‘rtta asosiy nominatsiya bo‘yicha o‘zaro bellashadilar:

  • “Eng yaxshi korxona”
  • “Eng yaxshi kasaba uyushmasi”
  • “Eng yaxshi vakil”
  • “Eng yaxshi yosh mutaxassis”

Tanlovning quyi bosqichlarida faol ishtirok etib, yuqori natijalar bilan Respublika bosqichiga yetib kelgan barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlariga, fidoiy vakillarimiz va yosh mutaxassislarimizga Respublika kengashi nomidan ulkan zafarlar tilaymiz. Hakamlar hay’ati tomonidan eng namunali, tizimli va innovatsion yondashuvga ega bo‘lgan ishtirokchilar munosib baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi.

Mehnat muhofazasi – inson qadri va xavfsizligining bosh garovidir! Tanlov jarayonlari va natijalarini rasmiy sayt hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzatib boring.

Добавить комментарий