DIQQAT! BUGUN ISH VAQTI 1 SOATGA QISQARTIRILADI

Ertaga — 1-oktabr, O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan dam olish kuni.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Shunga ko‘ra, bugun, 30-sentabr kuni xodimlar ish joyidan 1 soat vaqtliroq ketishga haqli.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi barcha xodimlarni o‘z mehnat huquqlarini bilishga va ularga rioya etilishini ta’minlashga chaqiradi.

Добавить комментарий