Yangiliklar

18/02/2015
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi tarkibidagi hisobot-saylov yig‘ilishlari
  Bugungi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi tarkibidagi barcha boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 18 fevral kuni Abu Rayxon Beruniy nomidagi sharq qo‘lyozmalari markazi kasaba uyushmasi tashkilotida xisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Kasaba uyushmasi raisi Sh.Musayev o‘tgan 2010-2015 yilning fevral oyi davr mobaynida markaz kasaba uyushmasi, yuqori kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy-ma'rifiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida olib borilgan xayrli ishlar, shuningdek, boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarida yechimini kutayotgan ayrim kamchiliklar xususida ko‘rgazmali ma'ruza qildi. Yig‘ilishni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Jo‘rayev olib bordi. So‘zga markazi kasaba uyushmasi a'zolari Ashraf Axmedov, Dilorom Yusupova, Omonulla Bo‘riyev, ...

18/02/2015
“Zarafshon” va “Samarqandskiy vestnik” tahririyatida hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashi tasarrufida bo‘lgan “Zarafshon” va “Samarqandskiy vestnik” tahririyatida 2015 yil 17 fevralda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 43 nafar kasaba uyushma a'zolaridan 36 nafari qatnashdilar. Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisining o‘rinbosari B.X.Maxmadaliyev, Samarqand viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi F.N.Xidirov va Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashi raisi B.K.Namazovlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining 2010 yil aprelidan 2015 yil fevralgacha qilingan ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi va taftish komissiyasining hisoboti tinglandi. Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining ishi 2010 yil apreldan 2015 ...

17/02/2015
Jamoa shartnomalarining 2014 yilda bajarilishi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari boshlangich kasaba uyushmasi tashkilotlarda 2015 yil fevral-aprel oylarida jamoa shartnomalarining 2014 yilda bajarilishi muhokamasiga bag‘ishlangan mehnat jamoalarining umumiy yig‘ilishlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi jadvallar O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashiga taqdim etilgan. Mazkur jadvalga muvofiq 2015 yil 16 fevral kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 70-maktab-internatida ma'muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2014 yilda bajarilishi va yangi 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan jamoa shrtnomasining muhokamasiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda 135 nafar kasaba uyushmasi a'zolaridan 116 nafari ishtirok etishdi (19 nafari sababli qatnashmadi). Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ...

11/02/2015
Tarmoq kelishuvlari muhokama qilindi
  O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida “Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligi”, 23-moddasida esa “Nodavlat notijorat tashkilotlari ijtimoiy sheriklik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash, muhokama qilishda ishtirok etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qo‘shma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘tkazish huquqiga ega” ekanligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi ...

11/02/2015
“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko‘rik-tanlovining 2014-yilgi g‘oliblari taqdirlandi
  O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko‘rik-tanlovining 2014-yilgi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rik-tanlovning 2014-yilgi g‘oliblarini taqdirlash marosimida xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari A. Xolbekov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o‘g‘il-qizlarning internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini yuksaltirish, ularni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda ular 10 million 200 ming kishidan oshdi. Davlatimiz rahbarining 2012-yil 21-martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori internetdan foydalanish samaradorligini oshirishda muhim ...

07/02/2015
Ko’rgazmali namunaviy o’quv-seminar haqida
  O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2014 yil 24 oktyabrdagi “O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o’tkazish to’g’risida”gi 19-10 sonli, O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2014 yil 12 noyabrdagi “O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotlarida xisobot-saylovlarni o’tkazish to’g’risida”gi 13-8-sonli, hamda Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2014 yil 3 noyabrdagi 19-19-"o"sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 5 fevral kuni Qarshi shahar 5-umumta’lim maktabida O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika кengashinng Qashqadaryo viloyati mas’ul tashkilotchisi va Qarshi shahar kengashi hamkorligida boshlang’ich kasaba uyushmasi ...

07/02/2015
Hisobot-saylov yig‘ilishi
  Joriy yilning 6 fevral kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining 2010-2015 yil shu davr mobaynidagi faoliyati bo‘yicha hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazilib, Oliy attestatsiya komissiyasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Usmonov Quvvat Turdiyevich tomonidan slaydlar namoyishi orqali ma'ruzasi tinglandi. Yig‘ilishni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Jo‘rayev olib bordi. So‘zga tashkilot kasaba uyushmasi a'zolari Z.Isroilov, K.To‘xtaboyev, A.Xo‘jaqulov, K.Adiyevlar, chiqib o‘tgan davr mobaynida kasaba uyushma tashkiloti tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib borgan ishlariga o‘z fikr mulohazalarini bildirishda hamda qoniqarli deb topish to‘g‘risida taklif kiritdilar. Yig‘ilish ...

05/02/2015
Sport salomatlik garovi
  Navoiy shahridagi 4-sonli umumta'lim maktabida “Sport salomatlik garovi” spartakiadasi bo‘lib o‘tdi Tadbir sportning voleybol, shaxmat, stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazilib, unda 76 nafar kasaba uyushma a'zolari ishtirok etishdi. G‘olib va sovrindorlarga kasaba uyushma tashkilotining esdalik sovg‘alari topshirildi. Spartakiada ishtirokchilari musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, keyingi bosqichga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishlarini ta'kidladilar.        

05/02/2015
Hisobot-saylov yig’ilishlari
  O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2014 yil 12 noyabr “Tarmoq kasaba uyushmasi organlarida hisobot-saylovlarni o’tkazish to’g’risida”gi 13-8-sonli qaroriga muvofiq Тa’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati tuman, shaxar kengashlari tasarrufidagi barcha boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig’ilishlari o’tkazilmoqda. 2015 yil 4-fevral kuni Guliston shahridagi 2-umumtalim maktabi boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi. Hisobot-saylov yig’ilishida kasaba uyushma qo’mitasining 2010 yil aprel oyidan 2015 yil fevral oyigacha bo’lgan faoliyati bo’yicha hisoboti muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi va kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyatining kelgusidagi ustuvor yo’nalishlari belgilab olindi. Yig’ilishda kasaba uyushma qo’mitasining a’zolari va raisi saylandi ...

02/02/2015
Respublika spartakiadasining dastlabki bosqichi
   Sirdaryo viloyatidagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari o’rtasida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan o’tkazilayotgan “Sport – salomatlik garovi” Respublika spartakiadasining dastlabki bosqichlari o’tkazilmoqda. Ta’lim, fan va madaniyat kasaba uyushmasi Guliston tuman kengashi tizimidagi o’quv muassasalari ushbu sport bayramini ko’tarinki ruhda boshlab yubordilar. Xususan, tumandagi 2- hamda 6-umumta’lim maktablarida sport musobaqalari qizg’in o’tdi. Pedagog xodimlari spartakiadaning quyi bosqichida juda faol ishirok etdilar. Havaskor sportchilarimiz sportning stol tennisi, shaxmat-shashka, qizlar o’rtasida voleybol hamda badminton turlari bo’yicha musobaqalashdilar. G’oliblarga Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston tuman kengashining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg’alar topshirildi. Tuman kengashi tizimida 3 ming nafardan ziyod a’zo bo’lib, ularning barchasi  ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar