Yangiliklar

15/05/2017
Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatiga baho
Buxoro viloyatida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kogon shahar kengashi tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining shaxar bosqichi o‘tkazildi. Olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlaridan 3 ta, kasaba uyushma uyushma a’zolari 100 nafardan kam bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma  tashkilotlaridan 17 tasi ushbu tadbirda ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shahar kengashining ishchi guruhi tomonidan barcha tashkilotlarning faoliyati o‘rganib chiqildi va Nizom mezonlariga asosan baholandi. Joriy yilning 12-may kuni Kogon shahar Barkamol avlod markazida har bir boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyatini yorituvchi ko‘rgazmalar va slaydlar bilan taqdimot tashkil etildi. Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, 100 nafardan ...

12/05/2017
G‘amxurlik va hurmat-e’tibor
Muzrabot tuman hokimligi, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, tuman “Mahalla” jamoat fondi, tuman kasaba uyushmasi kengashi hamkorligida tumanda xayriya tadbirlari doirasida 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturi asosida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan Muzrabot tuman Oriyat mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abduraximov Jo‘raboy boboga g‘amxo‘rlik va hurmat-e’tibor ko‘rsatildi. Boboning xolidan xabar olinib, uy yumushlarga yordam ko‘rsatildi.

10/05/2017
Tarmoq xodimlari o‘rtasida spartakiada o‘tkazildi
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qiziltepa tuman kengashi tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” kuni munosabati bilan 5-may kuni tuman markazidagi Bolalar sport majmuasida (ayol va erkaklar ) tarmoq xodimlari va nafaqadagi sport ishqibozlari o‘rtasida spartakiada o‘tkazildi. Spartakiada sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, yadro irg‘itish, uzunlikka sakrash turlari bo‘yicha 120 nafar sportchilar o‘rtasida o‘tkazildi. Shaxmat bo‘yicha nafaqadagi Mansurov Po‘lat, 100 metrga yugurish bo‘yicha 35-maktab ishchisi Latipov Lutfullo, 400 metrga yugurish bo‘yicha 15-maktab o‘qituvchisi Muxammedov Xabib, stol tennisi bo‘yicha 5-maktab o‘qituvchisi Sobirova Shaxnoza, shashka bo‘yicha BO‘SM murabbiysi Odilov Sherali 1-o‘rinni egallab, kasaba uyumasi tuman kengashi tomonidan diplom va esdalik ...

06/05/2017
Uch avlod uchrashuvi
2017-yil 4-may kuni Buxoro muxandislik-texnologiya institutida “Xotira va Qadrlash kuni”ga bag‘ishlab kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan an’anaviy “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda oliy ta’lim dargohida mehnat qilgan 100 ga yaqin mehnat faxriylari, pensionerlar, front orti ishtirokchilari qatnashdilar. Tadbirda institut rektori professor U.T.Muxamedxanov so‘z olib, oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar , institut hayoti bilan bog‘liq yutuqlar, kelgusi o‘quv yilidagi rejalar to‘g‘risida so‘zlab, barcha ishlarda mehnat faxriylarining mehnati samarasi borligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbir davomida vafot etgan marhum pedagog xodimlar to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi va ularning xotiralari hurmat bilan yodga olindi. Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar, yosh izlanuvchi olimlar so‘zga chiqib, davlatimiz ...

04/05/2017
Eng namunali boshlang‘ich tashkilot ko‘rik-tanlovi
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar kengashining 2017-yil 11-apreldagi 8/1 “с”-sonli rayosat qarori bilan joriy yilning 2-may kuni tarmoqqa mansub muassasalarda “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda kasaba uyushmasi a’zolari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlardan 9 ta va 100 nafargacha kasaba uyushmasi a’zolari bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlardan 57 tasi ishtirok etdi. 100 nafardan ortiq a’zolari bo‘lgan tashkilotlardan 1-o‘rinni Chirchiq sanoat-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji, 2-o‘rinni Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji va 3-o‘rinni 21-maktab qo‘lga kiritdi. 100 nafargacha a’zolari bo‘lgan tashkilotlardan 1-o‘rinni 27-maktabgacha ta’lim muassasasi, 2-o‘rinni 11-maktabgacha ta’lim muassasasi va 3-o‘rinni 8- maktabgacha ta’lim muassasasi egalladi.

02/05/2017
9-may – “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan “Salomatlik” spartakiadasi o‘tkazildi
Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar Kengashi tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi va ularning ijrosi yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Shu jumladan, 2017-yil 30-aprel kuni Guliston markaziy o‘yingohi kompleksida Guliston shahridagi tizimga tegishli tashkilotda ishlovchi soha xodimlari o‘rtasida 9-may – Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan “Salomatlik” spartakiadasi tashkil etildi. Musobaqalar  sportning 3 ta turi bo‘yicha tashkil etilib, unda a'zo tashkilotlardan shakllantirilgan buyurtma asosida 12 nafardan jami 204 nafar xodimlar ishtirok etdilar. Sportning voleybol turi musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lib, Guliston shahar 15-umumta’lim maktabi jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 11-umumta’lim maktabi jamoasi ...

02/05/2017
Kasb-hunar kollejlari xodimlari o‘rtasida an’anaviy spartakiada o‘tkazild
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Dehqonobod tuman kengashi tomonidan 2017-yil 29-aprel kuni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturi asosida tuman xalq ta’limi va tarmoqqa qarashli kasb-hunar kollejlari xodimlari o‘rtasida navbatdagi an’anaviy spartakiada o‘tkazildi. Ushbu spartakiadada sportning 4 turi: voleybol, shaxmat, shashka hamda stol tennisi turlari (erkak va ayollar) bo‘yicha tuman ta’lim muassasalaridan 650 nafarga yaqin pedagog xodimlari ishtirok etishdi. Qiziqarli o‘tgan bellashuvda sportning voleybol turi bo‘yicha 1-o‘rinni erkaklar o‘rtasida tumandagi 85-umumta’lim maktabi va ayollar o‘rtasida 89-umumta’lim maktabining jamoasi egallashgan bo‘lsa, 2-o‘rin uchun kechgan qiziqarli bahslarda erkaklar o‘rtasida 11-umumta’lim maktabi hamda ayollar o‘rtasida 70-umumta’lim maktabining jamoasi g’olib ...

29/04/2017
Quyoshli yurtning afsonaviy va qadimiy shahriga sayohat
O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati tarmoq xodimlarining 62 nafariga 21-23-aprel kunlari Toshkent-Urgench – Xiva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha “Kasaba-Sayr” tashkiloti tomonidan “Afsona” nomli harakatlanuvchi poezdida 3 kunlik sayohat uyushtirildi. Sayohatchilar Xiva shahriga yetib kelib, “Ichan – Qal’a” (XVIII–XIX asrlar), Ichki shahar – Ichan Qal’a (shahriston) va Tashqi shahar – Dishan Qal’a (rabot), Said – Allauddin maqbarasi, Kalta – Minor minorasi, Muhammad Aminxon madrasasi, Olloqulixon karvonsaroy va madrasasi (XIII–XIX asrlar), Pahlavon Mahmud madrasasi (XVII– XIX asrlar), Tosh–Xovli saroyi, Ko‘hna – Ark majmuasi (XIX asr), Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi (1908–1910 yillar) hamda Polvon darvozasi (XIX asr) bo‘ylab sayohat qilishdi. Sayohatchilarga ...

28/04/2017
Mehnat faxriylari e’zozda
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida uzoq yillar ishlab, bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan 130 nafarga yaqin mehnat faxriylari oliy o‘quv yurti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasining doimiy e’tiborida. Institutda har yili 9-may “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan chora-tadbirlar dasturi asosida turli tadbirlar tashkil etiladi, jamoatchilik vakillari ishtirokida yoshi ulug‘, kam ta’minlangan va yakka yolg‘iz pensionerlar holidan xabar olinadi. 2017-yilnging 26-27-aprel kunlari 10 nafar mehnat faxriylari xonadoniga manzilli yordam tashkil etilib, ularga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam ko‘rsatildi. 85 yoshni qarshilagan Usto Olimova Rayhon momo 35 yil oliy ta’lim dargohida xizmatchi lavozimida ishlab nafaqaga chiqqanlar. Aya har bayram arafasida jonajon tashkilotidan xonadoniga kelgan ...

26/04/2017
2017-yil – mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturida belgilangan tadbirlar doirasida Respublika bo‘yicha turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan 450 nafar uzoq qishloq hududida joylashgan ta’lim muassasalari xodimlari, mehnat faxriylarining 2017-yil 21-23-aprel kunlari qadimiy Xiva shahriga sayohati tashkil etildi. Dunyo tamadduniga beshik bo‘lgan ko‘hna va hamisha navqiron shaharlarimizni ko‘rishga nafaqat xorijliklar, balki yurtdoshlarimiz ham oshiqadi. Kasaba uyushmalarida turizimni rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi bois mehnatkashlarning yurtimizdagi qadimiy shaharlar, tarixiy qadamjolar, maftunkor tabiat qo‘yniga intilishlari kuchaydi. Tarixiy qadamjolar, istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Sayohatchilar jahonga mashhur Xiva shahrining qadimiy obidalari, mustaqillik yillarida ro‘y ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar